Toshkentda doimiy yashovchi aholi soni 2,5 mlndan oshdi

Toshkentda doimiy yashovchi aholi soni 2,5 mlndan oshdi

Toshkentda doimiy yashovchi aholining soni 12,9 ming kishiga ko‘payib, 2,52 mln kishini tashkil etdi.

1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy yashovchi aholining soni 33,37 mln kishini tashkil etgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,9 foizga ko‘p deganidir. Buni Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlari tasdiqlamoqda.

Aholi eng zich bo‘lgan viloyatlar sifatida Samarqand (3,8 mln), Farg‘ona (3,7 mln) va Qashqadaryo viloyatlari belgilangan (3,2 mln). Aholisi kam bo‘lgan viloyatlar esa Sirdaryo (833 ming) va Navoiy (983 ming) viloyatlaridir.

Poytaxt aholisining soni bir yilda 47,5 ming kishiga yoki 1,9 foizga ortgan holda 2,5 milliondan oshgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!