Toshkentda kafedagi janjal bir kishining o‘limi bilan tugadi

A A A
Toshkentda kafedagi janjal bir kishining o‘limi bilan tugadi

His-tuyg‘ularimizni nazorat qilishni o‘rgansak, bu biz uchun koni foyda. Ba’zan jahlimiz chiqishiga asosli sabablarimiz bo‘lsa-da, uni jilovlamaslik o‘zimizga ziyon qiladi. Zamonaviy tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ko‘pincha insonlar jahli chiqib turgan paytda aytgan gaplaridan yoki qilgan ishlaridan keyinchalik qattiq afsuslanishar ekan. Quyidagi voqea qahramonlarining ham bir lahza jahl otiga minishlari bir begunoh insonning umriga zomin bo‘ldi.

Qarindoshidan jazolashni iltimos qildi

Karima (ismlar o‘zgartirilgan) ishlab chiqarish sexida yollanma tarzda oshpazlik bilan shug‘ullangan. U mazkur sexda o‘zi kabi oshpaz vazifasida ishlab kelayotgan Rustam bilan ish yuzasidan arzimagan sabablarga ko‘ra, ko‘p bora o‘zaro haqoratli so‘zlar bilan og‘zaki janjallashib kelgan. U navbatdagi dahanaki janjal vaqtida oshxona pichog‘ini qo‘liga olib, sexda bo‘lgan boshqa ishchilar ko‘z o‘ngida pichoq bilan namoyishkorona Rustamga tashlanadi. Uni o‘ldirish bilan qo‘rqitgandan keyin atrofdagi ishchilar ularni ajratib qo‘yadi. Karima bu bilan taskin topmaydi. Rustam bilan bo‘lgan janjal haqida qarindoshi Nizomga telefon orqali xabar berib, “viloyatlik bezori”ni jazolab qo‘yishni iltimos qiladi. Nizom o‘z navbatida bu haqda tanishi Shaxbozga ma’lum qiladi. Ular birgalikda Nizom boshqaruvida bo‘lgan avtomashinaga o‘tirishib, yo‘l-yo‘lakay Karimani yonlariga olgan holda Rustamning oldiga yo‘l olishadi.

Bu yerda yigitlar kafening orqa hovlisida Rustam va u bilan birga ishlovchi Mansur bilan uchrashib, ular bilan o‘zaro janjal chiqarishga erishishadi. Nizom jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, bezorilik harakatlarini oldini olish chorasini ko‘rgan Mansurga qarshilik ko‘rsatib, uni yuz qismiga qo‘llari bilan urib-do‘pposlab, tan jarohati yetkazgan.

Bundan tashqari, Shaxboz mazkur janjal vaqtida, Mansurni bezorilik oqibatida qasddan o‘ldirish maqsadida, uni hayotdan mahrum etish qasdi bilan harakat qilib, qilmishining ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetgani holda, o‘lim yuz berishini istab, payt poylab, o‘zining yonida bo‘lgan “finka” pichog‘i bilan Mansurning hayoti uchun xavfli bo‘lgan chap ko‘krak qafasiga bir marotaba urib, odam hayoti uchun muhim a’zoni jarohatlab, voqea joyidan yashiringan.

Shaxboz tomonidan yetkazilgan tan jarohati oqibatida Mansur vafot etgan.

“Tur” degandek oyog‘imni turtdi...

Sudlanuvchi Karima sud majlisida, o‘z aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, dastlabki tergov jarayonidagi ko‘rsatmalarini tasdiqlab, quyidagilarni ma’lum qildi:

— Voqea sodir bo‘lgan kuni har doimgidek sex ishchilariga nonushta tayyorladim. Ular nonushta qilishayotganda kun sovuq bo‘lgani uchun go‘shtxonaga chiqib, u yerdagi issiq pech yoniga borib o‘tirdim. Birozdan so‘ng xonaga kirgan Rustam menga qarab, “Nimaga meni ish joyimda o‘tiribsan, tur o‘rningdan”, deb qo‘pol muomala qildi. Uning bunday munosabatidan, sensiraganidan jahlim chiqib, “To‘g‘ri muomala qil”, dedim. Rustam oldimga kelib, “Tur” degandek oyog‘imni turtdi. Uning bu qilig‘idan keyin jahl qilib, xonadan chiqib ketdim. Kayfiyatim bo‘lmay o‘tirganimni ko‘rgan birga ishlaydigan Bahrom ismli yigit oldimga kelib, nima bo‘lganligini so‘radi. O‘pkam to‘lib turgani uchun bo‘lgan voqeani unga yig‘lab, aytib berdim. Gapimni eshitgan Bahrom Rustamni chaqirib chiqib, “Nimaga ayol kishiga qo‘pol muomala qilding?” deb so‘radi. Rustam unga qarab, “Karima seni kiming bo‘ladi? Nimaga uning tarafini olyapsan?” deb so‘radi. Ular og‘zaki aytishib ketishdi, shunda Rustam meni “fohisha”, degan ma’noda haqorat qildi. Bu gapdan so‘ng unga “fohishaligimni isbotlab ber”, deb baqirdim. Rustamning gapi alam qilganidan oshxona pichog‘ini olib, unga tashlandim. Hamkasblarim qo‘limdan ushlab, meni to‘xtatib qolishdi, Rustam esa xonadan qochib ketdi. Uning meni fohishalikda ayblagani qattiq ta’sir qildi. O‘zimni bosa olmay, amakimning o‘g‘li Nizomga qo‘ng‘iroq qilib, Rustamning tanobini tortib qo‘yishni iltimos qildim. U birozdan keyin tanishi Shaxboz bilan oldimga keldi. Birgalikda Rustamning oldiga bordik. U yerda janjal ko‘tarilib, asosiy aybdor Rustam qolib, Shaxboz men bilan birga ishlovchi Mansurni pichoqlab qo‘ydi. Hozirda qilmishimdan pushaymonman, sodir etgan harakatlarim oqibatini endi anglab yetdim, ayolligimni, aybimga iqrorligimni inobatga olib, menga yengillik berishingizni iltimos qilaman...

Hukm o‘qildi

Shahboz Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “l” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli, deb topilib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Nizom JKning 277-moddasi 3-qismining “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli, deb topilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Karima JK 112-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli, deb topilib, ish haqining 30 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Bobomurod KARIMOV, jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi sudyasi,

Lola Shoimova, jurnalist


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.