Toshkentda 4 yashar go‘dak, jami 25 nafar bemor koronavirusni yengdi

Toshkentda 4 yashar go‘dak, jami 25 nafar bemor koronavirusni yengdi

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 3 nafar, jami 25 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitasiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning 12 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 10 nafari esa chet eldan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, tuzalganlarning 11 nafari Toshkent viloyatidan, 4 nafari Surxondaryo viloyatidan, 3 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 1 nafardan Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan. Bemorlardan 12 nafari erkak, 10 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 65 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 4 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlar 1 nafardan Toshkent shahri, Sirdaryo va Namangan viloyatlaridan. Tuzalganlarning 1 nafari 52 yoshli erkak, 2 nafari 59 yoshli ayol va 10 yoshli qizaloq. Ulardan 2 nafari chet eldan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, klinikaga yotqizilgan, 1 nafar fuqaro esa kasallikni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 848 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 873 nafarga yetdi.

Shunday qilib, yurtimizda bugun shu paytgacha 56 nafar bemor sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi. Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2463 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!