Toshkentda 19 yoshli qashqadaryolik qiz qo‘lga olindi

Toshkentda 19 yoshli qashqadaryolik qiz qo‘lga olindi

7 oktyabr kuni Shayxontohur tumani IIO FMBga 53 yoshli Feruza I. murojaat qilib, shu kuni taxminan soat 15.30 da “Chorsu” buyum bozoridagi do‘konlardan birida bo‘lganligini ma’lum qildi. Mol tanlash vaqtida Feruza I. sumkasini rasta ustiga qo‘yganda, noma’lum qiz uning pasportini, plastik kartochkasini, 1.300.000 so‘m va 10 AQSh dollar pullarini o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ko‘rilgan choralar davomida o‘g‘rilikda gumonlanuvchi qiz – 19 yoshli Qashqadaryo viloyatilik Xotira D. qo‘lga olindi. Tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!