“Tolibon” Tojikistonni Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashishda aybladi

“Tolibon” Tojikistonni Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashishda aybladi

“Tolibon” harakati tomonidan tashkil etilgan Afg‘oniston hukumati raisi o‘rinbosari vazifasini ijro etuvchi Abdul G‘ani Barodar Tojikiston mamlakat ichki ishlariga aralashyotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Al-Jazeera” telekanali xabar qildi, deya yozadi RIA Novosti.
“Tojikiston ishlarimizga aralashmoqda. Har bir harakatga qarshi harakat mavjud”, - degan Barodar.
Qayd etish joizki, Tojikiston bir necha marta toliblar Afg‘onistonning turli millatlaridan tashkil topgan inklyuziv hukumat tuzishlari kerakligi haqida bayonot bergandi.
Avvalroq toliblar Tojikiston bilan chegaradagi Taxor viloyatiga minglab maxsus xizmat jangchilarini yuborgani xabar qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!