"Time" jurnali "Yil odami"ni e’lon qildi. U Tramp emas

"Time" jurnali "Yil odami"ni e’lon qildi. U Tramp emas

Amerikaning "Time" jurnali "Yil odami"ni e’lon qildi. 2020 yilda nashr mualliflari ushbu maqomni ikkita da’vogarga berishdi: Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Bayden va yangi saylangan vise-prezident Kamala Xarris. Bu haqda nashr saytida xabar berilgan.

"Time" muharrirlari Baydenni AQShning saylangan prezidenti deb nomladilar va uning COVID-19 pandemiyasiga jiddiy munosabatda ekanligini ta’kidladilar. Nashr ta’kidlashicha, Bayden va Xarris bir paytlar raqib bo‘lgan, ammo endi ular sherik. Ular "sezgir rahbariyat yo‘qolgan birdamlikni tiklashi mumkinligiga ishonishadi".

Natijalar e’lon qilinishidan bir kun oldin jurnal mukofotning qisqa ro‘yxatini e’lon qildi, unda amerikalik siyosatchilar Donald Tramp va Jo Bayden, yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis Entoni Fausi va koronavirus pandemiyasi paytida odamlarni qutqarish uchun o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘ygan tibbiyot xodimlari bor edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!