“The Nation”: O‘zbekistonning “Samarkand–2028” sun’iy yo‘ldoshi muvaffaqiyatli uchirildi

“The Nation”: O‘zbekistonning “Samarkand–2028” sun’iy yo‘ldoshi muvaffaqiyatli uchirildi

Pokistonning “The Nation” nashrida “Samarkand–2028” sun’iy yo‘ldoshi Xitoydan muvaffaqiyatli uchirilgani haqida maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada yozilishicha, “Samarkand–2028” sun’iy yo‘ldoshi Xitoyning Shandun provinsiyasi sohillari yaqinida joylashgan kosmodromdan muvaffaqiyatli uchirildi. Sun’iy yo‘ldosh Xitoyning “STAR.VISION Aerospace Group Limited” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqildi va yig‘ildi. Bu O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy-texnik hamkorlik tobora mustahkamlanib borayotganini namoyon etmoqda.

Qo‘shma sun’iy yo‘ldosh loyihasi qishloq xo‘jaligi, atrof-muhit va tabiiy ofatlarni monitoring qilish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, “O‘zbekkosmos” agentligi mutaxassislari mazkur missiya uchun ilg‘or sun’iy intellekt modulini ishlab chiqqan. Ushbu modul giperspektral ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sun’iy yo‘ldoshning o‘zida qayta ishlash imkonini beradi.

Bu texnologiya ma’lumotlarni uzatish samaradorligini oshiradi, tahlil jarayonini tezlashtiradi hamda kosmik texnologiyalarda sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Gazetada qayd etilishicha, mazkur missiya O‘zbekiston tarixidagi yirik xalqaro kosmik loyihalardan biri sifatida baholanmoqda. U mamlakat milliy kosmik dasturini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida kosmos hamda innovasiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Bu haqdagi yangilik Pokistonning “Infora News” onlayn nashrida ham e’lon qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесс