Tezkor! To‘lov qilishga ulgurmagan abituriyentlar diqqatiga!

Tezkor! To‘lov qilishga ulgurmagan abituriyentlar diqqatiga!

Avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar testga kirish uchun 111 ming 500 so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirishi kerak edi. Lekin ayrim sabablarga ko‘ra, to‘lov qilishga ulgurmagan abituriyentlar ham bor.

Shu sababli Davlat qabul komissiyasi to‘lov qilish muddatini yana uzaytirdi.

❗️ Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, lekin to‘lovga ulgurmagan abituriyentlar 16 avgust soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishi mumkin.

‼️To‘lovni amalga oshirmaganlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!