Tesla’ning sobiq xodimlari ommaviy ravishda Apple’ga ishga o‘tishmoqda

Tesla’ning sobiq xodimlari ommaviy ravishda Apple’ga ishga o‘tishmoqda

2017 yil so‘ngidan buyon Ilon Maskning Tesla’sidan Apple’ga kamida 46 nafar xodim ko‘chib o‘tgan, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.

Apple’ga dasturchilar, texnologlar, xavfsizlik sohasi xodimlari, yetkazib berish va logistikaga mas’ul xodimlar o‘tishmoqda, deyishgan telekompaniya hamsuhbatlari.

Ular nafaqat Apple’ning o‘ziyurar avtomobilini loyihalashtirishda, boshqa loyihalarda ham ishtirok etishadi, degan manbalardan biri.

Iyul oyida kompaniyaga Tesla’ning ishlanmalar bo‘yicha sobiq katta vise-prezidenti Dag Fild o‘tgan, ijtimoiy tarmoqlarda u hozircha ish joyi o‘zgarganini ma’lum qilmagan. Uning ketishi Tesla’dagi axloqiy muhitga salbiy ta’sir o‘tkazgan, deya ta’kidlashgan CNBC’ning bir necha manbalari.

Apple’ga o‘tish sabablari sifatida kishilar kattaroq maosh va kompaniya aksiyalarining muttasil o‘sib borayotganini ko‘rsatishgan. Apple mutaxassislari maoshi Tesla’dagidan bir yarim barobar ko‘proq, San-Fransiskodagi hayot esa qimmatlik qilmoqda, deyishgan telekompaniyaning bir necha suhbatdoshi.

Tesla’dagilar o‘z kompaniyasida ishlash oson emasligini ta’kidlab, xodimlariga ko‘proq maosh to‘lay olmasligini bayon qilishgan, chunki kompaniyadagi pullar «Apple’dagidan yuz barobar kamroq».

Tesla vakili SNBC’ga bergan intervyusi chog‘ida kompaniyadan xodimlarning chiqib ketishi ortayotganini rad etgan. Aksincha, uning aytishicha, so‘nggi yil ichida xodimlari qo‘nimsizligi uchdan bir qismga qisqargan va kompaniyaga yangi xodimlar ham kelgan, jumladan, Apple’dan ham.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Tesla rahbari Ilon Mask xarajatlarni qisqartirish va elektromobillar ishlab chiqarish rentabelliligini saqlab qolish maqsadida 9 foiz xodimlarini, ya’ni 4 mingdan ziyod kishini ishdan bo‘shatishini e’lon qilgan edi.

Avgust oyida esa Tesla kompaniyasi qatorasiga oltinchi chorak rekord darajada ziyon ko‘rayotgani ma’lum bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!