Tayvan Xitoyga javoban o‘z mashg‘ulotlarini boshlaydi

Tayvan Xitoyga javoban o‘z mashg‘ulotlarini boshlaydi

Unga og‘ir artilleriya jalb qilinadi.

Tayvan qurolli kuchlari 9-11 avgust kunlari orol janubida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda Zamon.uz' nashri xabar bermoqda.

“To‘qqizinchi va o‘n birinchi avgust kunlari Fengan dengiz porti atrofida og‘ir artilleriya bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi”, – deyiladi unda.

Qayd etilishicha, 155 mmli gaubisalar va 120 mmli minometlardan o‘t ochiladi. Bundan tashqari, 5 sentyabrda Pindun uyezdida an’anaviy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

Ma’lumot o‘rnida, 2 avgustda AQSh Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga tashrif buyurdi. Shundan keyin Xitoy orol atrofida yirik harbiy mashg‘ulotlar boshlashini e’lon qildi. Hozirda Tayvan atrofidagi olti nuqtada o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!