«Taxtaqoracha» dovonida transport harakati yana to‘xtatildi

«Taxtaqoracha» dovonida transport harakati yana to‘xtatildi

6 yanvar, dushanba kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanidan Qashqadaryo viloyatiga o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega M-39 «Olmaota—Toshkent—Termiz» avtomobil yo‘lining «Taxtaqoracha» dovonidan o‘tgan qismida harakat yana vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda «Daryo»ga Qashqadaryo viloyat IIB YHXB xabar berdi.

Qayd etilishicha, yo‘lning 1132—1135 kilometrida qorning qalinligi 30 santimetrdan oshib, qatnov qismida muzlama hosil bo‘lgan, qor yog‘ayotgani sababli ko‘rish masofasi cheklangan.

Ta’kidlanishicha, yo‘lning Qashqadaryo viloyati hududidan o‘tgan qismida ham qor qalin yog‘ib, muzlama hosil bo‘lganligi sababli avtotransport vositalarining harakatlanishi soat 18:00 da vaqtincha to‘xtatilgan.

Yo‘lning «Taxtaqoracha» dovonidan o‘tgan qismida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lni qordan tozalash uchun ikkita avtogreyder, yo‘lga qum sepish uchun 4 ta MAN yuk avtomobili, Samarqand yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonasidan 16 nafar ishchi, viloyat IIB YHXBdan sakkiz nafar xodim va to‘rtta patrul avtomashinasi, viloyat FVBdan olti nafar xodim va ikkita avtotransport vositasi jalb qilingan.

Hozirda barcha transport vositalarining harakati A-378 «Samarqand—G‘uzor» avtomobil yo‘li orqali tashkil etilgan.

Samarqand viloyat IIB YHXB haydovchilardan transport vositasini boshqarish chog‘ida hushyor bo‘lishni so‘ragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!