Tesla Xitoydan 14 mingdan ortiq avtomobilni qaytarib oladi

Tesla Xitoydan 14 mingdan ortiq avtomobilni qaytarib oladi

Amerikalik avto ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi Xitoy bozoridan umumiy miqdori 14123 avtomobilni xavfsizlik yostiqchalari bilan bog‘liq muammo sabab qaytarib oladi. Bu haqda Xitoy savdo-sotiqni nazorat qilish davlat boshqarmasi saytida ma’lum qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur kompaniyaTakata yapon kompaniyasinngi bankrot bo‘lishiga bosh sababchi hisoblanmoqda.

Gap 2014 yilning 4 fevralidan 2016 yilning 9 dekabriga qadar ishlab chiqilgan Tesla Model S modeli haqida ketmoqda. Avtomobilni qaytarib olish 4 aprelda boshlanadi.

Boshqarma xabarida gazogenerator bilan jihozlangan Takataning mazkur avtomobil partiyasida yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan xavfsizlik yostiqchalarida ammoniy nitrat ishlatilgan bo‘lib, bu modda odam salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Tesla barcha yostiqchalarni xavfsiziga almashtirish niyatini bildirgan.

 

2017 yilning iyun oyida Takata o‘zining bankrotligi haqida e’lon qilgan bo‘lib, boshqaruvni Amerikaning Key Safety Systems kompaniyasiga topshirgan.

ria.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!