“Tashkent City”da "Madam Tyusso" muzeyi ish boshladimi?

“Tashkent City”da "Madam Tyusso" muzeyi ish boshladimi?

Londondagi "Madam Tyusso" muzeyining kichik namunasi endi poytaxtimizda, Tashkent City hududida “Yulduzlar muzeyi” mum muzeyi ish boshladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi.

Siz bu yerda dunyoga mashhur insonlarning mum haykallariga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Yaqinda unga xalqimizning sevimli so‘z ustasi Hojiboy Tojiboyevning mum haykali ham keltiriladi.

Muzey “Tashkent City”dagi Planetariyda joylashgan.

Hozircha muzeyda Merilin Monro, Jonni Depp (Jek Chumchuq), Charli Chaplin, Rouen Atkinson (Janob Bin), Arnold Shvarsneger (Terminator), Bryus Uills, Mayk Tayson, Yelizaveta II, Donald Tramp, Mark Sukerberg, Albert Eynshteyn, Bill Geyts mum haykallari mavjud.

Muzey xodimlarining aytishicha, yaqin orada hind va turk aktyorlarining mum haykallari ham keltiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!