Taniqli xonanda otasini sudga berdi (foto)

Taniqli xonanda otasini sudga berdi (foto)

Amerikalik qo‘shiqchi Rianna o‘ziga tegishli bo‘lgan Fenty tovar belgisini ishlatgani uchun otasini sudga. Bu haqda Variety nashri xabar berdi.

Riannaning so‘zlariga ko‘ra, otasi Ronald Fenti iqtidorli yoshlarni izlab topib, ularni qo‘llab-quvvatlaydigan Fenty Entertainment kompaniyasini tuzib, qizining ismidan foydalangan holda ko‘proq daromad olishni xohlagan. Qo‘shiqchining ta’kidlashicha, u bir necha bor otasidan uning nomidan biznes yuritmaslikni so‘ragan, ammo iltimoslari e’tibordan chetda qolgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Fenty Entertainment yaqindagina Rianna bilan hamkorlik qilayotganini aytib, ko‘proq sarmoyadorlarni jalb qilishga harakat qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!