Taksi faoliyati to‘xtatildi. Ammo Samarqandda haydovchilardan 40.000 so‘mdan olinmoqda

Taksi faoliyati to‘xtatildi. Ammo Samarqandda haydovchilardan 40.000 so‘mdan olinmoqda

AOKA huzuridagi shtabda Transport vaziri matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

❓Samarqandda karantin davri boshlangan bir paytda hamma uyda bo‘lsin degan bir payt «sariq taksi» shashka haydovchilaridan haligacha 40.000 so‘m putyovka puli olishayotgan ekan. Bu endi nimasi bo‘ldi? Ularning talabi qanchalik to‘g‘ri va asosli?

❗️Amaldagi muvofiq yo‘l varaqalari yo‘nalishsiz taksilarning ishini ta’riflovchi asosiy hujjat hisoblanadi. Yo‘nalishsiz taksi haydovchilariga yo‘l varaqalarini berish tashuvchi tashkilotning navbatchi dispetcheri tomonidan amalga oshiriladi. Bunda haydovchilar tomonidan xech qanday to‘lovlarni amalga oshirilishi ko‘zda tutilmagan.

Nafaqat bugungi kun sharoitida balki pandemiya rejimidan tashqari holatda ham yuridik shaxslar tomonidan yo‘l varaqalarini berganlik uchun yo‘nalishsiz taksi xaydovchilaridan kunlik to‘lovlarni talab qilishi xech qanday asosga ega emas.

Mazkur holat Samarqand viloyati transport boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!