Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor
Prezident Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida Namangan shahridagi Bunyodkor mahallasiga kutilmagan tashrifni amalga oshirgan va mahalladagi ahvol yuzasidan mutasaddilarni keskin tanqid qilgan edi.
Mirzaobod tumani hokimi Jonibek Yariyev «o‘tgan yillar uchun» yoshlardan uzr so‘radi
Mirzaobod tumani hokimligi majlislar zalida bugun "Hokim va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda sektor rahbarlari, tumandagi maktablarda a’lo baholarga o‘qiyotgan jamoatchi yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.
Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov lavozimidan ozod etildi
Prezident farmoniga muvofiq, Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov lavozimidan ozod etildi.
Olmazor tumani hokimi lavozimidan ozod qilindi
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining qarori bilan shu kungacha Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Rahmonov Baxtiyor Sultonovich egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov tez orada o‘z ishiga qaytadi
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov tez orada yana o‘z ishiga qaytadi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Samarqand viloyat hokimi haqidagi gap so‘zlar haqiqatga yaqinmi? Erkinjon Turdimovga aslida nima bo‘lgan edi?
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov sog‘ligi bilan bog‘liq savollar, aniqrog‘i har xil mish-mishlar ikki haftadan beri tingan emas. Odamlarimiz shunchalik sensasiyaga o‘chmi yoki amaldor salomatligi haqidagi ma’lumotlar ochiq bo‘lishi kerakmi?
Shuhrat Abdurahmonovning "sirli tashrifi" borasida rasmiy munosabat bildirildi
Oldinroq «Shuhrat Abdurahmonovning sirli tashrifidan so‘ng andijonlik jurnalistlar Prezidentga murojaat qilishdi” sarlavhasi ostida xabar chop etgandik. Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Shuhrat Abdurahmonovning sirli tashrifidan so‘ng andijonlik jurnalistlar Prezidentga murojaat qilishdi
Shu yilning 21 yanvar kuni tushdan keyin «Andijonnoma» tahririyatiga viloyat hokimligidan xabar keldi: «hokim Shuhrat Abdurahmonov qadam ranjida qilishi ehtimoli bor, tak shto‘...»
Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi etib tasdiqlandi
Buxoro shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Jahongir Ibrohimov Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlandi
Toshkent shahar hokimining 2021 yil 14 yanvardagi 21-sonli qaroriga muvofiq, Ibrohimov Jahongir Bahodirovich Yunusobod tumaniga hokimi lavozimiga tayinlandi.
Oxirgi ikki yilda hokimlarning 2,5 mingga yaqin qarori sudlar tomonidan bekor qilingan
Shuning uchun, mahalliy davlat hokimiyati idoralarining qarorlarini hisobga qo‘yish va e’lon qilish bo‘yicha elektron axborot tizimi joriy etiladi.
Qoraqalpog‘istonda birdaniga uchta hokim o‘zgardi
Nukus shahriga Panayev Utemurat vaqtinchalik hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.