Xonanda Feruza Karimova 40 mln so‘mdan ziyod jarima to‘laydigan bo‘ldi

Sud majlisi davomida aniqlanishicha ijrochi Feruza Karimova “Dastingdan” nomli qo‘shig‘ini ijro etishda hamda barchaning e’tiboriga yetkazishda shoira M.Axrarovaning “Dod degim kelyapti dastingdan” nomli she’riga bo‘lgan mualliflik huquqlarini buzgan.