Surxondaryolik 19 yashar qiz Toshkentda bedarak yo‘qoldi

Surxondaryolik 19 yashar qiz Toshkentda bedarak yo‘qoldi

Telegram messenjerida bedarak yo‘qolgan 19 yashar Zulxumor Narzullayeva haqida xabarlar tarqaldi.

IIBB matbuot xizmatiga ko‘ra, qizning yaqinlari ichki ishlar idoralariga murojaat qilmagan. Faqat IIBB xodimlari messenjerdagi ommaviy guruhlardan birida mazkur xabarga e’tibor qaratgan va u yerda ko‘rsatilgan telefon raqamlari bilan bog‘langanidan so‘ng qizning onasi ariza qilgan.

Aniqlanishicha, ayol qizi bilan Surxondaryoning Denov tumanidan kelgan va Sergeli tumanidagi Nilufar ko‘chasida joylashgan un zavodida ishlayotgan bo‘lgan. O‘zlari ham shu zavod hududidagi alohida xonada istiqomat qilgan. 23 iyul kuni ertalab, soat 8:30 atrofida oilaviy janjaldan so‘ng qiz bu yerdan chiqib ketgan va qaytib kelmagan.

Zulxumor Narzullayevani ko‘rgan-bilganlardan bu haqda Sergeli tuman IIB yoki Toshkent IIBB murojaat etishlari, 102 yoki fotoda ko‘rsatilgan telefonlarga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘raladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!