Surxondaryoda qulagan Afg‘oniston samolyoti chegarani buzib o‘tishga uringani ma’lum bo‘ldi

Surxondaryoda qulagan Afg‘oniston samolyoti chegarani buzib o‘tishga uringani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Afg‘oniston Harbiy-havo kuchlari samolyoti Surxondaryoda qulaganini tasdiqladi. U davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringan, deb xabar beradi Podrobno.uz.

Vazirlik matbuot xizmatining Podrobno.uzga aytishicha, kecha davlat chegarasini buzishga urinish to‘xtatilgan. Hozir qurolli kuchlar va xavfsizlik kuchlari vakillari bu fakt bo‘yicha tergov olib bormoqda. Tergov tugallangach, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikka batafsil ma’lumot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!