Surxondaryoda ikki yigit ichki ishlar xodimlarini do‘pposladi

Surxondaryoda ikki yigit ichki ishlar xodimlarini do‘pposladi

Ichki ishlar organi xodimlari tunda Sharg‘un shahri hududida xizmat vazifasini o‘tayotganda, shaxsini tekshirish va ogohlantirish maqsadida ko‘chada yurgan J.B. va T.S.ga murojaat qilishadi. 

Ikki yigit esa hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga bo‘ysunish o‘rniga, ularga faol qarshilik ko‘rsatadi. IIB xodimlarini urib, turli xil so‘zlar bilan haqorat qiladi. Natijada, xizmat vazifasini o‘tayotgan uch xodim «engil» tan jarohati oladi.

Shuningdek, I.N.ga tegishli «Matiz» rusumli avtomashinaning orqa o‘ng tomon eshigini tepib, shikast yetkazdi. 

Mazkur holat bo‘yicha JKning 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!