Surxondaryoda fuqarolar ikki YPX xodimini kaltakladi

Surxondaryoda fuqarolar ikki YPX xodimini kaltakladi

Surxondaryo fuqarolar xizmat vazifasini bajarayotgan IIO xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatib tan jarohati yetkazgani ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

9 avgust kuni Angor tumanida 39 yoshli fuqaro T.U. Damas’ni boshqarib kelib, xizmat olib borayotgan YPX xodimlarini ko‘rgach, harakat yo‘nalishini o‘zgartirib, qochib, shubhali harakat sodir etgan. O‘z o‘rnida YPX xodimlari avtomashinani izidan kuzatib borgan. Haydovchi Ilg‘or mahallasidagi yashash uyining yaqinida mashinadan tushib, qochishga harakat qilganida, xodimlar uni to‘xtatib og‘zidan spirtli ichimlik hidi kelib turgani sababli tibbiy ko‘rikka olib bormoqchi bo‘lgan.

Haydovchi U.T.ning hodisa joyiga yetib kelgan ukasi T.O., turmush o‘rtog‘i N.N., yana bir ukasi T.Z. va qo‘shnisi M.M. xizmat vazifasini bajarayotgan IIO xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatib, ikki nafar xodimga tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan YPX xodimlarning xabariga ko‘ra voqea joyiga yetib borgan Angor tumani prokuraturasi va IIB tezkor-tergov guruhi vakillari voqeani o‘rganib, shu kunning o‘zida fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.

«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi

Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга к