Surxondaryoda ayollar tug‘ruqdan so‘ng yerda yotgani rostmi?

Surxondaryoda ayollar tug‘ruqdan so‘ng yerda yotgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati  Denov tumanida tug‘ruq kompleksida ayollar va bolalar yerda yotganligi haqida videolar tarqaldi.

«Zamon» dasturi holatga oydinlik kiritish maqsadida mutasaddilar  bilan bog‘landi. 

Izohlanishicha, tuman tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksi kapital ta’mirlash uchun vaqtinchalik yopilgan va joy yetishmasligi oqibatida shu holat kelib chiqqan.

Qayd etilishicha,  Denov tumani tibbiyot birlashmasi tug‘ruq kompleksining tug‘ruq bo‘limlari jami 60 o‘ringa mo‘ljallangan va Denov tumanida Surxondaryo 2-son perinatal markazi bor, u qo‘shni tumanlardagi 5ta tumanni: Sarosiyo, Oltinsoy, Sho‘rchi, Uzun va Denov tumanlarining chala, og‘ir kasallik bilan kelsa yoki chaqaloqlar muddatdan ilgari tug‘ilishi mumkin bo‘lgan chaqaloqlarni barchasi tug‘ruqxonalar qabul qilinishi kerak. 

«Tuman tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksi 1 apreldan, 19 aprelga qadar kapital ta’mirlash uchun vaqtinchalik yopilganlik munosabati bilan 2-son perinatal markazi Denov tumanida joylashgan bo‘lganligi uchun ularning bemorlarini ham vaqticha o‘ziga olgan. Lekin bizda ham tug‘ruq o‘rinlari 60ta, bir kunda 30-40 tagacha ayrim kunlarida 51 tagacha tug‘ruq bo‘lmoqda. Tug‘ruq ko‘p bo‘lganligi tufayli ayollar sig‘may qolishdi. Hattoki, tuman tibbiyot birlashmasidan 10ta kravat olib kelib, zaxira joy ham qildik, o‘shanda ham yetkaza olmadik. Bir kunda tug‘ruq soni 51taga yetgani uchun o‘sha kunlarda 2-3 soat tuqqan ayollarga joy muammosi bo‘lib qolgan. U muammo o‘sha kunning o‘zidayoq bartaraf qilib, yana 16ta zaxira joy tayyorlab qo‘yildi. Muammoni hal qilganmiz va bizda boshqa muammo yo‘q», deydi Surxondaryo 2-son viloyat perinatal markazi direktori Baxtiyor Do‘stmurodov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!