Surxondaryoda afg‘onistonlik erkak pullari va boshqa narsalaridan ayrildi

Surxondaryoda afg‘onistonlik erkak pullari va boshqa narsalaridan ayrildi

Uzun tumanidagi Yangi kuch mahallasida yashovchi T.X.ning yashash uyida afg‘onistonlik ishbilarmon D.Y.Z. anchadan beri ijarada yashaydi. U hududdagi qo‘shma korxonalardan birida ekspeditor bo‘lib ishlaydi.

Yaqinda uning yashash uyidagi 10 million so‘m, 1900 AQSh dollari, “Samsung A9” va “Samsung J5” rusumli 2 ta uyali telefon apparati, 1 dona “Dell” markali noutbuk, o‘ziga tegishli fuqarolik pasporti, erkaklar qo‘l sumkasi va uning ichida pullar g‘oyib bo‘ldi.

Bundan ajablangan mehmon darhol ichki ishlar organi xodimlariga xabar qiladi.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni fuqarolar S.R. va SH.J. sodir etgani aniqlandi. Ulardan ashyoviy dalillar olindi.

Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!