Sirdaryoda garajdagi Captiva yonib ketdi

Sirdaryoda garajdagi Captiva yonib ketdi

Sirdaryo tumanida shu yil 5 noyabr kuni “Paxtakor” MFY yashovchi B.N.ni uyi garajida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in natijasida garajning 40 kv.m. maydonda tom qismi hamda shu yerda turgan “Kaptiva” rusumli avtomashinasi salon qismi yonib zarar ko‘rgan.

IIV bergan axborotga ko‘ra, hodisa natijasida jarohat olganlar yo‘q.

Yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!