Sikxlar musulmon qo‘shnilarini xursand qilishdi

Sikxlar musulmon qo‘shnilarini xursand qilishdi

Xindistonning Panjob shtati Ludxian okrugidagi Gaggeval qishlog‘ida yashovchi sikxlar aholining kamchilik qismini tashkil etuvchi musulmon birodarlari uchun ajoyib do‘stona ishni amalga oshirishdi.

“Biz qishloqda masjid bo‘lishini, uni qurishni xohlardik, lekin buning uchun yerimiz yo‘q edi. Shuning uchun biz uylarimizda ibodat qilardik”, – deydi mahalliy fuqaro Saudagar Xan.

Musulmonlarning muammosini anglagan sikxlarning aksari ularga masjid qurish uchun yer ajratishga qaror qilishdi, deya xabar beradi Times of Indiaga tayangan holda IslamNews.

“Qishloqdoshlarning, shu jumladan, sikx va xindularning qo‘llab-quvvatlashlari bilan biz masjid qurilishini boshladik”, – deydi baxtiyor musulmonlar.

Manba: fitrat.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!