Si Szinpinning G20 sammitida ishtirok etmasligi ma’lum qilindi

Si Szinpinning G20 sammitida ishtirok etmasligi ma’lum qilindi

Xitoy raisi Si Szinpin Rimda o‘tkaziladigan G20 sammitida ishtirok etmasligi ma’lum qilindi.

“Xitoy diplomatlari G20 rasmiylariga XXR raisi Si Szinpinning bu oy Italiyada bo‘lib o‘tadigan sammitda shaxsan qatnashishni rejalashtirmaganini ma’lum qildi”, — deydi rasmiy manbalar.

Qayd etilishicha, bu xabar o‘tgan oy G20 elchilarining Florensiyadagi uchrashuvida yetkazilgan.

Agentlik suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, bunga Xitoydagi COVID-19 ga qarshi kurash choralari, jumladan, mamlakatga qaytayotgan sayohatchilarning majburiy karantindan o‘tishi sabab bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!