Shohjahon Ergashev yengilmas bokschiga qarshi ringga chiqadi

Shohjahon Ergashev yengilmas bokschiga qarshi ringga chiqadi

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev 2019 yilning 23 fevralida Nyu-York shahrida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Milliy olimpiya qo‘mitasiga asoslanib Kun nashri bergan xabarga ko‘ra, ushbu bahsda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasiga amerikalik yengilmas bokschi Maykl Foks raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Shohjahon shu kungacha professional boksda 16 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan (15 tasi nokaut bilan). Foks esa prof ringda 19 marotaba jang qilib, ularning barchasida raqiblarini taslim etgan. Janglarining 5 tasida u muddatidan oldin g‘alaba qozongan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!