​Shifokorlar adashib sog‘lom oyoqni kesib tashladi

​Shifokorlar adashib sog‘lom oyoqni kesib tashladi

Bu haqda “vesti.ru“ xabar beradi.

Voronejlik 89 yoshli Mariya Dronova — konslager asirasi bo‘lgan, Rossiyaning xizmat ko‘rsatgan ta’lim xodimi, ko‘p yillar davomida o‘quvchilarga matematika fanidan saboq bergan.

Uning o‘g‘li Andrey Dronov so‘nggi yillarda Sankt-Peterburgga yashab kelmoqda. Andrey Voronejga kelganda onasining o‘ng tovonida qorason boshlanganini ko‘radi va tezlikda jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga ko‘ndiradi. Chunki tez rivojlanayotgan kasallik o‘limga olib borishi mumkin edi.

Jarrohlik amaliyoti Voronej kasalxonalarining birida 4 noyabrda o‘tkaziladi. Ammo, natija kutilgandek bo‘lib chiqmadi.

Andrey Dronov palataga kirganida onasining qorasonga chalingan tovoni qolib, sog‘lom oyog‘ining songacha bo‘lgan qismi kesib tashlanganini ko‘radi. Shundan so‘ng u shifokorlar xato qilgan, deb janjal ko‘taradi. Ammo, tibbiyot xodimlari Andreyga aslida ayolning ikkala oyog‘ida ham kasallik alomatlari bo‘lgani, shuning uchun amputasiya chap oyoqdan boshlangan, deb izoh beradi.

Biroq Dronovning iddaosicha, poliklinika yo‘llanmasida aynan o‘ng oyoqni olib tashlash tavsiya qilingan bo‘lgan. Ikkinchi oyoq esa sog‘lom edi.

Hozirda Andrey Dronov shifokorlar ustidan huquq-tartibot organlariga shikoyat qilgan. Mahalliy OAV ham ushbu hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazishni so‘rab Voronej sog‘liqni saqlash departamentiga murojaat yo‘llagan.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!