Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan qo‘ng‘iroqlashdi

14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyatni hisobga olgan holda mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Prezidentlar bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasini ko‘rib chiqdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!