Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan qo‘ng‘iroqlashdi

17 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida ikki mamlakat yetakchilari bahoriy Navro‘z ayyomi munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, qardosh xalqlarimizga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, savdo sohasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish, sanoat kooperasiyasini kuchaytirish va transport infratuzilmasini rivojlantirish, hududlararo aloqalar va gumanitar almashinuvlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Turkiy kengashning bo‘lajak sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham muhokama qilindi.

Muloqot har doimgidek ochiq, samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!