Sergelida tadbirkor boshqa bir tadbirkorni chuv tushirdi

Sergelida tadbirkor boshqa bir tadbirkorni chuv tushirdi

Joriy yilning 8 avgust kuni Sergeli tumani IIOFMBga fuqaro O.E. ariza bilan murojaat qildi. O.E.ning bildirishicha, tanishi 1972 yilda tug‘ilgan, Mirobod tumanida yashovchi, katta bir korxona rahbari, J.E. uni chuv tushirib ketgan. Bu haqda "Postda" yozmoqda.

Ya’ni J.E. O.E.ning Sergeli tumanida joylashgan kichik sanoat zonasidagi korxonasiga tegishli bo‘lgan 214 million so‘mlik xom ashyo mahsulotini qabul qilib olib, uni qayta ishlab tayyor mahsulot chiqarishni va’da bergan. Lekin oradan bir necha oy o‘tsa-da, erta, indin deya vaqtni cho‘zib, va’dasining ustidan chiqmagan. Bu ham yetmaganday, mahsulotning pulini o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!