Senat 5 kishi tomonidan zo‘rlagan ayol ishini nazoratga oldi

Senat 5 kishi tomonidan zo‘rlagan ayol ishini nazoratga oldi

Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi Qarshi shahrida bir guruh fuqarolar tomonidan zo‘rlangan ayol voqeasini nazoratga olgan.

Qo‘mitaning aytishicha, Konstitusiya va qonunlarda har bir fuqaro xoh tun, xoh kunduz bo‘lsin, ko‘chada yurishi taqiqlanmagan, shuningdek, hech kim birovning axloqsizligini ro‘kach qilib, uni o‘zboshimcha jazolashga haqqi yo‘q.

Bundan tashqari, ma’lum bo‘lishicha, bu ayol o‘z oilasini boqish istagida ofisiant bo‘lib ishlagan.

Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya va ushbu qo‘mita jinoyat ishi bo‘yicha mutasaddi idoralar zarur choralar ko‘rishini kuzatib boradi.

Oktyabr oyida kechasi taxminan 1:30 atrofida besh erkak 26 yoshli ayolni majburan mashinaga o‘tqazib, kimsasiz yerga olib borgan va uni zo‘rlagan.

Barcha gumondorlar qo‘lga olingan, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-modda 2-qismi (zo‘rlash) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!