Saudiya Arabistoni hukumati koronavirusning Britaniyada tarqalayotgan yangi mutasiyasi sababli xalqaro aviaaloqani to‘liq to‘xtatishga, quruqlikdagi chegaralarini va dengiz portlarini yopishga qaror qildi. Cheklovlar hozircha bir hafta davom etadi.
“Sog‘liqni saqlash vazirligining bir qator davlatlarda koronavirusning yangi shtammi tarqalayotgani haqidagi ma’lumotlariga asoslanib, ushbu virusning tabiati haqidagi axborot oydinlashmaguncha va aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida hukumat alohida holatlardan tashqari, barcha xalqaro reyslarni to‘xtatishga qaror qildi”, deb ma’lum qilingan podshohlik ichki ishlar vazirligida.
Saudiya Arabistoniga kelgan reyslar mamlakatni tark eta oladi. Shuningdek, podshohlikka qaytuvchilar ikki haftaga karantinga ketishi va koronavirusga test topshirishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, mamlakatga oxirgi 3 oy ichida kelganlar antitanalarga test topshirishlari belgilab qo‘yildi.
Koronavirusning yangi turi o‘tgan hafta Britaniyada aniqlangandi. Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning ma’lum qilishicha, yangi shtamm virusning dastlabki variantidan 70 foiz yuqumliroq bo‘lishi mumkin. Ushbu virus tufayli 10dan ko‘proq mamlakat Britaniya bilan aviaaloqani to‘xtatishiga to‘g‘ri keldi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Исроил армияси томонидан қамал қилинган Ғазо секторида сўнгги 24 соат ичида яна олти нафар фаластинлик, жумладан бир бола очлик ва ўткир тўйиб овқатланмасликдан ҳалок бўлди.
UNICEF вакили Тесс Инграм Ғазо шаҳрида очарчилик тарқалиши хавфи ҳақида огоҳлантириб, аҳоли фарзандлари учун озиқ-овқат топиш учун изтироб билан курашаётганини таъкидлади ва вазиятни “мутлақ фалокат” деб баҳолади.
Ғазо секторига уюштирилган ҳужумларда қатнашган Исроил армиясига қарашли Голани бригадасининг бир аскари мамлакат шимолидаги ҳарбий база ҳудудида ўлик ҳолда топилди.
БМТнинг Фаластинлик қочқинларга ёрдам кўрсатиш агентлиги (UNRWA) маълум қилишича, Исроилнинг Ғазога қарши 23 ойлик уруши 660 минг болани кетма-кет учинчи йил ҳам мактабдан маҳрум қилмоқда.
Венесуэла вице-президенти ва нефть вазири Делси Родригес АҚШга қарши кескин баёнот билан чиқиб, Вашингтонни мамлакат ички ишларига аралашмасликка ва Венесуэла ҳудудидан узоқроқ туришга чақирди.