Samsung o‘z ishini qildi, Apple esa rekord o‘rnatdi

Samsung o‘z ishini qildi, Apple esa rekord o‘rnatdi

Apple daromadi yildan-yilga o‘sishda davom etmoqda. Nihoyasiga yetgan so‘nggi chorakda korporasiya sarmoyadorlarni (o‘zini ham, albatta) hayratda qoldirdi. O‘tgan chorakda Apple $53,26 mlrd. dollar daromad olgan, ya’ni daromad miqdori avvalgi chorakka nisbatan 17 foizga oshgan.

Natijalarga ko‘ra, 2018 yilning III moliyaviy choragida iPhone X jahon miqyosida eng yaxshi sotilgan devays bo‘ldi. Korporasiyaning flagmani ko‘pchilikka ma’qul kelgani nihoyat o‘z tasdig‘ini topdi. Bundan chiqdiki, keyingi - kuzda taqdim qilinishi kutilayotgan yangi modellar ham bozorda yaxshi ommalashadi.

Kompyuter savdosi bu chorakda bir oz pasaygan. Ammo boshqa aksessuarlarning savdosi oshgan. Misol uchun, Apple Watch, HomePod, shuningdek iCloud, Apple Music kabi internet xizmatlaridan keladigan daromad ko‘tarilgan.

So‘nggi chorakda kompaniya 41,3 mln dona iPhone smartfoni, 11,55 mln dona iPad planshet kompyuteridan hamda 3,7 mln dona MacBook noutbuk qurilmasidan sotishga muvaffaq bo‘lgan. Apple kompaniyasiga ko‘proq foyda olib kelishda smartfon savdosi hanuz yetakchi bo‘lib turibdi, ya’ni smartfon sotishdan kompaniya 29,91 mlrd dollar foyda ko‘rgan. Bu esa o‘tgan yilning III choragi bilan taqqoslab ko‘rganda, 14% ga ko‘p degani.

Ikkinchi kvartaldagi daromad $61,14 mlrd dollarni, sof foyda - $13,82 mlrd. dollarni tashkil qilgan edi. 31 martga qadar davom etgan ikkinchi moliyaviy chorakda taxminan 52,28 mln dona iPhone sotilgan.

Associated Press axborot agentligiga ko‘ra, chakana savdodagi Apple smartfonlarining o‘rtacha narxi 20% ga, ya’ni $606 dollardan $724 dollarga qimmatlashgan. Bundan kelib chiqadiki, bozorda xaridorlar asosan iPhone X modelini xarid qilishmoqda. Uning eng arzon modeli $999 dollardan sotilmoqda.

Korporasiya hisobotiga ko‘ra, cho‘nggi chorakda sof foyda 32% ga, ya’ni $11,52 mlrd dollarga ko‘tarilgan. Buning $2,17 dollari aksiyalarning o‘sishi bilan bog‘liq. Apple keyingi chorakda $60-62 mlrd. dollar foyda olishni ko‘zlamoqda.

Darvoqe, Samsung so‘nggi vaqtlarda kompaniyaning smartfon savdosini "sindirish" uchun ko‘p harakat qildi. Xususan, turli rolik va reklamalarda iPhone X flagmani masxara qilindi. Shunday bo‘lsa ham, ayfon hanuz eng yaxshi sotilayotgan devays bo‘lib qolmoqda.

1976 yilda asos solingan Apple kapitali bugungi kunda $900 mlrd. dollarga yetgan va u ayni kunda jahonning eng qimmat brendlari safida turadi. Kompaniya iPhone smartfonlari, iPad planshet kompyuterlari, MacBook noutbuklari, iMac stol kompyuterlari, iPod musiqiy pleerlari hamda boshqa qator yuqori texnologiyalar ishlab chiqaradi, xizmatlar ko‘rsatadi. Korporasiya bosh qarorgohi AQSh ning Kupertino (Kaliforniya shtati) shahrida joylashgan va jahondagi eng ulkan idoralardan biri sanaladi.

Manba: terabayt.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!