Samarqandda o‘g‘irlikka tushgan o‘quvchi qiz ushlandi

Samarqandda  o‘g‘irlikka tushgan o‘quvchi qiz ushlandi

12 mart kuni soat 02:07 da Jomboy tuman qo‘riqlash bo‘limi TQPga tumanning Galakapa ko‘chasida joylashgan Jasur-Sanjar savdo MCHJga qarashli kiyim do‘koniga buzib kirish holati ro‘y berganligi haqida signal kelib tushgan. Bu haqda Samarqand viloyat IIB rasmiy kanalida ma’lum qilinmoqda.

Jomboy tuman IIB TQPning tezkor harakatlanuvchi guruh a’zolari voqea joyiga yetib borib ko‘zdan kechirganda, ob’ektning ko‘cha tomondagi oynasi g‘isht yordamida sindirilganligi aniqlangan. Do‘kon ichida bo‘lgan 18 yoshli T.M. qo‘lga olingan.

Kiyim-kechak do‘koniga o‘g‘rilikka kirgan T.M. Jomboy tumanidagi 26-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi ekanligi aniqlangan va tuman IIBga keltirilgan.

Hozirda holat bo‘yicha Jomboy tuman IIB tomonidan surishtirish ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!