Samarqandda qalbaki aviachiptalarni sotgan firibgar qamaldi

Samarqandda qalbaki aviachiptalarni sotgan firibgar qamaldi

Samarqandda bir xonani ijaraga olib, soxta aviakassani ochib qalbaki aviabiletlarni sotgan firibgar ustidan sud hukmi o‘qildi.

Aniqlanishicha, Fattoh Anorov (ismi o‘zgartirilgan) ofisga kirishda “Aviakassa” yozuvli peshlavha o‘rnatgan, xonaga stol-stul, kompyuter va boshqa zarur jihozlarni joylashtirgan.

Avvaliga firibgar “Toshkent-Tyumen” reysiga har biri 352 AQSh dollari evaziga ikkita “aviachipta” sotgan.
Shundan so‘ng, u Nyu-Yorkga yana uchta “elektron chipta”ni pullagan.

Ertasiga esa, Fattoh “Samarqand-Moskva” yo‘nalishiga ikkita, “Toshkent-Istanbul” aviareysiga bitta soxta chipta sotgan. Ularning barchasi aeroportiga borgach, aviachiptalari soxta ekani ma’lum bo‘lgan.

Toshkent aeroportidan Samarqandga qaytganlar firibgarni topa olishmadi. U esa “Aviakassa”ni yopib qorasini ko‘rsatmay ketdi. Fattoh Anorov qo‘lga olingach, barcha qilmishlarini tan oldi.

Sud Fattoh Anorovni uch yilu uch oyga ozodlikdan mahrum etdi, deb yozmoqda "Zarafshon" nashri. Shuningdek, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar undan undiriladigan bo‘ldi.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!