Samarqandda portlash: bir oilaning 4 a’zosi halok bo‘ldi

Samarqandda portlash: bir oilaning 4 a’zosi halok bo‘ldi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani, “Madrasa” mahallasida yashagan bir oilaning 4 nafar a’zosi gaz portlashidan halok bo‘ldi.

Samarqand viloyati prokuraturasining xabar berishicha, 2023 yil 17 mart kuni soat 05:00 da Kattaqo‘rg‘on tumani, “Madrasa” mahallasida yashagan A.R. uyidagi tabiiy gazga mo‘ljallangan isitish pechini ehtiyotsizligi bilan noto‘g‘ri o‘t oldirganligidan kelib chiqqan qisqa muddatli chaqnash kuzatilganligi oqibatida A.R, turmush o‘rtog‘i K.F, nabiralari I.A. hamda O.A.lar 50 - 60 % kuyish jarohatlari bilan davolanish uchun tuman tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

2023 yil 26 mart kuni K.F. Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida, voyaga yetmagan I.A. va O.A. lar RSHTYOIM Samarqand filialida vafot etgan.

2023 yil 27 mart kuni A.R. Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!