Samarqandda ISUZU D-MAX yo‘ltanlamas avtomobili ishlab chiqarilishi mumkin

Samarqandda ISUZU D-MAX yo‘ltanlamas avtomobili ishlab chiqarilishi mumkin

Samarqandda ISUZU kompaniyasining D-MAX yo‘ltanlamas pikap avtomobilini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqida SmaAvto zavodining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda xabar qilindi deb yozmoqda O‘zA.

Tantanali marosimda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, zavod rahmbariyati va yaponiyalik mehmonlar ham ishtirok etishdi, deyilgan xabarda.

Tantanali marosimdan so‘ng, yaponiyalik hamkorlar Samarqand viloyati hokimligi va O‘zavtosanoat kompaniyasi vakillariga ISUZU Motors kompaniyasining D-MAX avtomobilini ko‘rsatib, kelgusida zavodda ushbu turdagi avtomashinalarni ham ishlab chiqarish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi , - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, SamAvto avtomobil zavodi bundan 1999ning mart oyida Turkiyaning Koch kompaniyasi bilan hamkorlkda ishga tuirilgan edi. O‘sha vaqtda korxonada 2 xil avtobus va 3 xil yuk avtomobillari yirik jamlash uslubida ishlab chiqarilar edi.

Keyinchalik SamAvto Yaponiyaning ISUZU Motors va Itochu corporation kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatdi. Bugungi kunda Samarqand avtomobil zavodida 7 turdagi zamonaviy avtobuslar, 36 xil yuk va maxsus avtomobillar ishlab chiqarilmoqda.

Korxonada 1200 dan ortiq kishi mehnat qilmoqda. Shu paytgacha zavodda 33 ming 700 dan ortiq avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarildi. Mahsulot nafaqat O‘zbekistonda balkim Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Ozarboyjon va Gruziyaga eksport qilinmoqda.

Ma’lumot uchun ISUZU D-MAX Rossiyada 1,7 mln rubl atrofida sotilmoqda. Avtomobil to‘rt g‘ildiragi ham harakatlanuvchi (4WD), ramali haqiqiy yo‘lnalamas avtomobillar oilasidan. Quyida uning barcha xususiyatlari bilan batafsil tanishishingiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!