Samarqandda geliostansiya qurilishi to‘xtatildi

Samarqandda geliostansiya qurilishi to‘xtatildi

Samarqandda quyosh fotoelektr stansiyasining qurilishi to‘xtatildi. Bu haqda «O‘zbekenergo» kompaniyasining strategik rivojlanish boshqarmasi rahbari Iso Sa’dullayev bergan ma’lumotga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.

«Qurilishning texnik va moliyaviy jihatlari bilan bog‘liq hujjatlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, loyiha qayta ko‘rib chiqilishi kerak, — deya Iso Sa’dullayev 26 iyun, dushanba kuni Toshkentda elektr energetikasi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyasida ma’lum qildi.

Samarqandda Markaziy Osiyodagi birinchi fotoelektr stansiyaning qurilishi haqida 2014 yili e’lon qilingan. 2016 yili Xitoyning Zhuhai Singyes Green Building Technology kompaniyasi  fotoelektr stansiyani qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqqan. 275,8 million dollarlik loyihani moliyalashtirish Osiyo taraqqiyot bankining 110 million dollar miqdoridagi krediti, shuningdek, O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot fondi hamda «O‘zbekenergo» AJ mablag‘i hisobidan amalga oshirish rejalashtirilgan edi.

Ayni kunlarda «O‘zbekenergo» elektr energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berishga xususiy sektorni jalb qilish ustida ish olib bormoqda. Shu maqsadda Kanadaning SkyPower Global kompaniyasi bilan quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda quyosh energiyasi ishlab chiqarish uchun 1,3 milliard dollar sarmoya kiritadi.

Fotoelektr stansiyani yaqin 4 yil ichida qurib bitirish rejalashtirilmoqda.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!