Samarqandda fermer 300 million so‘mga yer sotayotganda qo‘lga olindi

Samarqandda fermer 300 million so‘mga yer sotayotganda qo‘lga olindi

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga 1983 yilda tug‘ilgan Z.A. ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida Bulung‘ur tumanida yashovchi, fermer xo‘jaligida rais bo‘lib ishlovchi “M” ismli shaxs, o‘zining fermer xo‘jaligiga qarashli yer maydonidan fuqaro Z.A.ga baliqchilik bilan shug‘ullanishi uchun 20 gektar yer maydonini 300.000.000 so‘mga sotishga kelishib, oldindan 50.000.000 so‘m miqdordagi pullarni talab qilganligini ma’lum qilib, “M” ismli shaxsga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

Bu haqda Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu arizaga asosan Samarqand viloyat IIB jinoyat-qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Bulung‘ur tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida M.A yerni 300 million so‘mga sotishga kelishib, oldindan 50 million so‘mini olayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Bulung‘ur tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan fermer xo‘jaligi raisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!