Samarqandda elektromobillarni tezkor zaryadlash qurilmasi paydo bo‘ldi

Samarqandda elektromobillarni tezkor zaryadlash qurilmasi paydo bo‘ldi

. Kecha, 13 sentyabr kuni Samarqand shahrida joylashgan 89-sonli "Samarqand-2" nomli AYOQShda elektromobillarni tezkor zaryadlash qurilmasi o‘rnatildi, deb xabar bermoqda "O‘zbekneftgaz" AJ matbuot xizmati.
Endi samarqandlik elektromobil egalari ushbu qurilmadan uzluksiz foydalanishlari mumkin, deb yozadi nashr.

Ta’kidlanishicha, Toshkent va Samarqand shaharlarida elektromobillarni tezkor zaryadlash qurilmalari samarali ishlashi to‘liq ta’minlangan holda kelgusida Respublikaning barcha hududlarida yo‘lga qo‘yiladi.
Elektromobillar bir qancha afzalliklarga ega bo‘lib, dvigateli atrof-muhitga zararli gazlarni chiqarmasligi hisobiga atrof-muhit ifloslanishi kamayishiga olib keladi va dvigateli elektr energiyasidan (muqobil energiyalar hisobiga) quvvat olishi sababli an’anaviy yonilg‘i sarfini kamaytiradi.
Shu boisdan tezkor zaryadlash qurilmalarini "O‘zbekneftgaz" AJ "UNG Petro" korxonasiga qarashli AYOQShlarning barchasida o‘rnatilishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (3 )

    Shavkat
    Jizzaxga qachon quyiladi.
    Академик
    Булунгурда очилганига 2 ой булди булар энди айтяпти 👀🤦‍♂
    Уйгун
    Уйга куйиб булмайдими???