Samarqandda bolasini ko‘rsatmagani uchun er xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Samarqandda bolasini ko‘rsatmagani uchun er xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida er o‘g‘lini ko‘rsatmagan xotinini pichoqlagan.

Gap nimada?

Kecha er otasining uyida yashab kelayotgan turmush o‘rtog‘ining oldiga mast holatda borib, o‘g‘lini ko‘rsatmagani uchun janjallashgan.

Janjal davomida er o‘zi bilan olib borgan pichoq bilan xotinining bir necha joyiga urgan. Ularni ajratish uchun kelgan qaynotani ham pichoqlagan. Qo‘shnilar chiqqach, voqea joyidan qochib ketgan.

Jabrlanganlar shifoxonaga olib borilgan, lekin xotin vafot etgan. Er hozir ushlangan, jinoiy ish ochilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!