Samarqandda arzimagan sabab bilan boshlangan janjal o‘lim bilan tugadi

Samarqandda arzimagan sabab bilan boshlangan janjal o‘lim bilan tugadi

Samarqand. 2020 yilning 31 may kunidan 01 iyun kuniga o‘tar kechasi soat 23:30 da fuqaro 27 yoshli D.R., Narpay tumani Sarbozor mahallasida joylashgan “Mirbozor” savdo bozorining oldidagi “Samarqand” avtoshohbekatida Navoiy viloyatidan kelayotgan pochtani kutayotgan vaqtida, 47 yoshli SH.U., o‘zining boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasida kelib, fuqaro D.R.,ning o‘ng yelkasidan turtib o‘tishi natijasida yuzaga kelgan janjalda fuqaro D.R., qo‘li bilan haydovchi SH.U.,ning yuziga bir marotaba urgan vaqtida SH.U., yerdagi toshga yiqilib tan jarohati olgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar tarqatdi.

SH.U., olgan tan jarohatlari bilan Narpay tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Holat bo‘yicha Narpay tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan D.R.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish).

2020 yilning 02 iyun kuni soat 11:30 da SH.U., ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Shu sababli jinoyat ishi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga (jabirlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) qayta malakalangan. R.D., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!