Samarqandda 28 yoshli yigit hamqishlog‘iga og‘ir jarohat yetkazdi

Samarqandda 28 yoshli yigit hamqishlog‘iga og‘ir jarohat yetkazdi

Samarqand viloyati. 2022 yil 25 fevral kuni soat 23:30 larda Narpay tumani “Qoraxitoy” qishlog‘ida yashovchi 24 yoshli T.R., Oqtosh shahrida joylashgan “Azizbek” nomli oshxonada ovqatlanib, spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda Narpay tumani “Nog‘oraxona” mahallasidan o‘tuvchi ichki yo‘ldan yashash uyiga ketayotganida, yo‘lda hamqishlog‘i 28 yoshli R.I.,ni ko‘rib qolib, u bilan o‘zaro kelib chiqqan kelishmovchilik sababli janjallashib qolib, janjal vaqtida R.I. qo‘liga o‘tkir tig‘li temir jismni olib, temir jism bilan T.R.,ning tanasining turli joylariga qasddan urib, sanchib, tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Natijada T.R. olgan tan jarohatlari bilan Narpay tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Narpay tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.I. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, prosessual tartibida ushlangan.

Hozirda jinoyat quroli aniqlash hamda janjalni kelib chiqish sababi o‘rganilmoqda.

Ta’kidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!