Ryosuke Ivasa: "Ozgina jang qilishga qo‘yib berishlarini xohlagan edim"

Ryosuke Ivasa: "Ozgina jang qilishga qo‘yib berishlarini xohlagan edim"

3 aprel kuni poytaxtimizdagi muhtasham "Humo Arena"da bo‘lib o‘tgan boks kechasi asosiy jangida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev Yaponiya vakili Ryosuke Ivasaga qarshi jang olib borib, 5 raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi. Ivasa jangdan so‘ng o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ba’zi fikrlarini bildirib o‘tdi.

- O‘zbekistonlik bokschilar musobaqada ajoyib ishtirok etdi.

Hammasidan ham tashrif buyurgan muxlislar ikkala tomonni ham birdek hurmat qilishganlari shundoqqina sezilib turdi. Meni ham yetarlicha olqishlab muxlislik qilib turishdi. Mag‘lub bo‘lsamda menga nisbatan muxlislarning "Respect" (hurmat) degan ovozlari eshitilib turdi. Mehmonda jang qilayotganimni ham xis qilmadim, deya olaman. Bu orqali juda ham iliq tuyg‘ularni o‘zimda seza oldim va bu menga katta dalda bo‘ldi. O‘zbekistonda jang o‘tkazganim yaxshi bo‘ldi. O‘zbek xalqi sizlardan minnatdorman, barchangizga tashakkur aytaman. Katta rahmat.

Shu bilan birga Yaponiyadan meni qo‘llab-quvvatlab turgan barchadan, sizlar umid qilgan natijani qayd eta olmaganim uchun kechirim so‘rayman.

Urushdan keyin qahramon ko‘payadi, deb o‘ylarsiz, lekin rostini aytadigan bo‘lsam yana ozgina jang qilishga qo‘yib berishlarini xohlagan edim. 5 raundda raqib mushti tegib, o‘zimni yo‘qotib qo‘yganimni tan olaman albatta...

Nima bo‘lganda ham Murodjon ajoyib jang qildi.

Barchaga yana bir bor rahmat aytaman.

Hurmat bilan
Ivasa Ryosuke


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!