Rubl kursining tushib ketishi sababi ma’lum qilind

Rubl kursining tushib ketishi sababi ma’lum qilind

Rubl kursi nafaqat yangi sanksiyalar kiritilishi ehtimoli, balki Rossiya valyutasining odil kursi pasayishi sababli ham tushmoqda. Rayffayzenbank tahlilchilari ana shunday xulosaga kelishdi, deb xabar bermoqda RBK.

«Rublga intervensiyalar bilan birga xususiy sektor tomonidan kapital olib chiqib ketilishining kuchayishi salbiy omil sifatida ta’sir ko‘rsatmoqda, Markaziy bankning ma’lumot berishicha, iyulda bu ko‘rsatkich 4,2 milliard dollarni tashkil etgan», — deyishmoqda ekspertlar. 

Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, neftning hozirgi narxi va kapital chiqib ketishining kuchayishi sababli odil kurs 12-17 foizga kamroq bo‘ladi.
Rubl kursi juma kuni Moskva birjasida savdolar ochilganida dollarga nisbatan 67 rubldan pasayib ketdi va ikki yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.  

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!