Rossiyalik mashhur xonanda Dima Bilan og‘ir xastalikka chalindi

Rossiyalik mashhur xonanda Dima Bilan og‘ir xastalikka chalindi

Bu haqda xonandaning o‘zi «Instagram»dagi sahifasida ma’lum qilgan. Uning aytishicha, ancha paytdan beri bu xastalikdan azoblanib kelgan. Oxiri kasalxonaga yotishga majbur bo‘lgan.

— Azizlar, — deb yozadi xonanda. — Pnevmoniyaga uchrabman. Ko‘krak qafasimda ancha kundan beri kuchli og‘riq bor edi. Endi og‘riqlarni yo‘q qilmasam bo‘lmaydi. Men albatta tuzalaman, ishoninglar!..

Ashaddiy muxlislar Bilanning xabariga javoban tezroq tuzalib, sahnaga qaytishini tilashdi.

Manba: hordiq.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!