Rossiyalik bokschi, IBA tasarrufida o‘tkazilgan jahon chempionati g‘olibi David Surov o‘zbekistonlik bokschi, ikki karra yozgi Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov bilan jang qilish istagini bildirdi.
“Men Jalolovdan revansh olishni istardim. Biroq havaskor boksda bu jangni tashkil qilish juda qiyin. Agar professional boksda imkoniyat paydo bo‘lsa, revanshga tayyorman. Bu to‘qnashuv juda qiziqarli bo‘ladi deb o‘ylayman. Hozirgi kunda bor e’tiborimni havaskor boksga qaratganman. Bosh murabbiy Oleg Menshikovning qaroriga tayanaman. U nima desa, shunday bo‘ladi. Agar imkon tug‘ilsa, Olimpiada doirasida Jalolov bilan jang qilib, g‘alaba qozonish ham katta motivasiya bo‘lardi”, dedi rossiyalik bokschi.
Ma’lumot o‘rnida, David Surov 2024-yil iyun oyida Rossiyada bo‘lib o‘tgan BRIKS o‘yinlari doirasida Bahodir Jalolovga qarshi ringga ko‘tarilgan va ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchragandi. Surov 2025-yilning dekabr oyi Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritgan. U finalda o‘zbekistonlik Arman Maxanovni mag‘lub etgandi.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov shu kunga qadar professional boksda 17 marta jang o‘tkazib, ularning 15 tasida muddatidan avval g‘alaba qozongan bo‘lsa, 2 bahsda ochkolar hisobiga raqibdan ustun kelgan. U oxirgi jangiga nigeriyalik Solomon Adebayoni mag‘lub etgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Бошловчининг: «Одамлар ўзига зарар бераётганини тушуниб етиши учун нега давлат худди „болға“ каби тепасида туриши керак?» деган саволига жавобан, Саида Мирзиёева асл ўзгаришлар секин-аста, вақт ўтиши билан рўй беришини айтди.
Нашр маълумотларига кўра, Исроил Мудофаа кучлари (ЦАХАЛ) март ойида Ғазода ҳарбий операция ўтказиш режасини ишлаб чиққан, аммо уни фақат Қўшма Штатларнинг розилиги билан амалга ошириш мумкин.
АҚШ президенти Доналд Трамп жума куни мамлакатдаги энг йирик нефт компаниялари раҳбарларини Венесуэла нефт саноатига сармоя киритишга чақирди. Бу чақириқ Қўшма Штатлар томонидан Венесуэла президенти Николас Мадуронинг қўлга олинишидан бир ҳафта ўтиб янгради.