Rossiya va Ukraina tarixiy kelishuvga erishdi

Rossiya va Ukraina tarixiy kelishuvga erishdi

Rossiya va Ukraina sud hukmi o‘qilgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarni o‘zaro almashdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Hozirga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bir tomondan 35 kishi va ikkinchi tomondan 35 kishi chegarani kesib o‘tishgan.

"Rossiya va Ukraina o‘rtasida fuqarolar bilan almashishga bag‘ishlangan tarixiy aksiya bo‘lib o‘tdi", - deb ma’lum qilgan RIA Novostiga Rossiyaning inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova.

RIA Novosti Ukraina portali rahbari Kirill Vishinskiy va Ukraina prezidenti tomonidan Rossiya va Ukraina o‘rtasida bo‘lgan kelishuvga muvofiq avf etilgan aksiya ishtirokchilari Moskvaga tomon uchishgan.

Flightradar portali ma’lumotiga ko‘ra, maxsus bort Moskva vaqti bilan 12:50 Rossiya havo bo‘shlig‘iga kirib kelgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!