Rossiya-Ukraina muzokarasi nega to‘xtatildi?

Rossiya-Ukraina muzokarasi nega to‘xtatildi?

Ukraina Rossiya dunyodagi siyosiy jarayonlarda salbiy rol o‘ynagani tufayli u bilan muzokaralarni to‘xtatdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak ma’lum qildi.

"Muzokaralar jarayoni haqiqatan ham “pauza” holatida. Nega? Bir qancha sabablar bor. Rossiya dunyodagi bugungi jarayonlarda salbiy rol o‘ynamoqda.

Ikkinchidan, Rossiya urush o‘zining qoidalari, jadvali yoki rejalari bo‘yicha ketmasligini tushunmayapti. Ukrainaning qarshiligi va professional qarshilik tobora kuchayib bormoqda. Shuning uchun Rossiya hech qanday maqsadiga erisha olmaydi.

Uchinchi sabab, Rossiya ichki bozorda tashviqotni majburlashdan bosh torta olmaydi va shuning uchun ham siyosiy elita haqiqatni aytishdan qo‘rqadi”, deydi Podolyak.

Avvalroq, Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko Ukraina bilan muzokaralar to‘xtatilganini, ular hech qanday shaklda olib borilmayotganini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!